Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi


Xizmatdan foydalanuvchilar:  Jismoniy shaxslar

 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

 Ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) da roʻyxatdan oʻtadi. 

Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.

Soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi. 

 Tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi. 

 Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan bolalar kontingenti: 

  I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
  koʻp bolali oilalarning bolalari;
  yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
  “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;
  kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
  talabalar va pedagoglarning bolalari;
  akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
  koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.

 Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

 Xizmat narxi: Bepul