Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar diqqatiga! Shoshiling 6 kun muddat qoldi!


Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlarning 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni 2023-yil 1-fevralidan kechiktirmay e-ngo.uz portali orqali elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida taqdim qilishingiz so‘raladi:
NNTlar uchun: https://lex.uz/docs/3796969
diniy tashkilotar uchun: https://lex.uz/docs/4089832

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 239-moddasiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.