Янгиликлар
26
CHEKKA HUDUDLARDA MOBIL XIZMATLAR
Qamashi tumani adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo'limi va tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari birgalikda tuman markazidan 33 km uzoqlikdagi "G'ishtli" mahalla fuqarolari yig'inida qishloq aholisi uchun MOBIL sayyor xizmatlar kõrsatishdi.
Sayyor qabulda 52 ta davlat xizmatlari kõrsatildi.Shundan,eng ko'p murojaat tushgan xizmatlar kadastr pasportini shakllantirish,tadbirkorlikni ro'yxatdan o'tkazish , E-imzo kalitlarini olish bo'ldi.
Adliya bo'limi tomonidan esa fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.