Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida yuqoriladi


Transparency International xalqaro tashkiloti 2022-yil uchun Korruptsiyani qabul qilish indeksini e’lon qildi.

O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksi bo‘yicha 180 mamlakat ichida 126-o‘rinni egallab, 2021-yilga nisbatan 14 pog‘onaga ko‘tarilgan. Mamlakatimiz 100 balllik tizimda 31 ball to‘pladi (bu yerda 0 ball korrupsiyaning o‘ta yuqori darajasini va 100 ball juda past darajasini anglatadi).

Yillik hisobotda O‘zbekistonning mavqei izchil yaxshilanib borayotgani alohida ta’kidlangan: 2013-yildan buyon mamlakatimiz 14 ballga o‘sgan va 44 pog‘onaga ko‘tarilgan. So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim siyosiy islohotlar amalga oshirildi va mamlakatda korrupsiyaning oldini olish eng ustuvor vazifaga aylandi, bu esa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idora va shaffoflikni oshirish maqsadida davlat xaridlari bo‘yicha majburiy onlayn platformani tashkil etishga olib keldi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning mazkur reytingdagi pozitsiyasining ijobiy dinamikasini yanada yaxshilash uchun fuqarolik jamiyatini demokratlashtirish sohasida yanada islohotlar o‘tkazish zarurligi qayd etilgan.