Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

12
adliya xabari

#adliyada_sport

KUCH,CHAQQONLIK VA JAMOAVIY RUH!

Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasida Adliya vazirligi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan sportakiadaning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada boshqarma xodimlari sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashib, jamoaviy ruh, sog‘lom raqobat va faol hayot tarzini namoyon etdilar.

Saralash bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar sportakiadaning keyingi bosqichida Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi sharafini himoya qiladi.

11
adliya xabari

#adliya_xabari

Qashqadaryoda jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Bugun Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi hamkorligida Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limida jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari sud ekspertizasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, markaz faoliyati, zamonaviy ekspertiza usullari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Press-tur ishtirokchilariga sud ekspertizasining odil sudlovni ta’minlashdagi ahamiyati, ekspertiza jarayonlarining o‘ziga xos jihatlari va markaz mutaxassislarining faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

09
adliya xabari

???? QASHQADARYODA 22 331 NAFAR FUQARONING MULK HUQUQI E’TIROF ETILDI.

Qashqadaryo viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etilgan fuqarolar soni rasman 22 331 nafarga yetdi.

???? Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini, shuningdek, ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish masalasi ko‘rib chiqildi.

✅ Sessiyada jami 4 512 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish bo‘yicha Kengash qarori qabul qilindi.

09
adliya xabari

E’LON!

“ADLIYA KITOBXONLARI” TANLOVIGA MARHAMAT!

24-oktabr kuni Viloyat adliya boshqarmasi xodimlari o‘rtasida “Adliya kitobxonlari” tanlovi o‘tkaziladi.

Maqsad: kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kasbiy bilimlarni oshirish, mustaqil va tahliliy fikrlash hamda notiqlik mahoratini rivojlantirish.
Kimlar ishtirok etadi?
Viloyat adliya boshqarmasi hamda tizimdagi adliya organlari va muassasalari xodimlari.
Tanlov shakli:
Ishtirokchi o‘zi tanlagan kitob bo‘yicha taqdimot-taqriz bilan chiqish qiladi.
Taqdimotda:
• kitobning asosiy g‘oyasi;
• shaxsiy taassurot va xulosalar;
• kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati;
• mustaqil, tahliliy va tanqidiy fikrlar yoritiladi.
Eslatma: kitob mazmunini to‘liq hikoya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kreativ va o‘ziga xos yondashuv rag‘batlantiriladi.
Baholash: 20 ballik tizimda.
G‘olib — diplom va bir martalik oylik ish haqqi miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi II va III o‘rinlar hamda nominatsiyalar bo‘yicha faol ishtirokchilar rag‘batlantiriladi.


08
adliya xabari

⭐️OYNING ENG YAXSHI TEXNIK XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil avgust oyining eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi:

Yo'ldasheva Mohigul Mo'ysinovna  - Kitob tuman FHDY bo'limi ish yurituvchisi

Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi M.Yo'ldashevani muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaydi.

Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

08
adliya xabari

#tabrik

OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil avgust oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

Aliboyev Ubaydulla Normamatovich - Notariat, advokatura va nizolarni muqobil hal qilish sho'basi bosh maslahatchisi.

Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi U.Alibayevni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaydi.

07
adliya xabari

ADLIYA OLIS HUDUDLARDA

Joriy yilning 4-sentabr kuni Kitob tumani FHDY bo‘limi, IIB, tuman prokuraturasi, tuman Xotin-qizlar bo'limi hamda viloyat kengashi deputati G.Sattorova hamkorligida tumanning olis hududlaridan biri  "Matmon" qishlog‘ida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida aholi, xususan, xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Tadbir davomida nikoh shartnomasining huquqiy ahamiyati, erta turmush qurishning oldini olish, shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarga ushbu yo‘nalishlarda huquqiy tushunchalar berilib, profilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Mazkur sayyor qabul aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning muammolarini joyida o‘rganish va hal etishga xizmat qildi.

03
adliya xabari

#Hokimlik_soati

Konstitutsiyaviy qonun — muhim huquqiy asos

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida mazkur Konstitutsiyaviy qonunning asosiy maqsadi va vazifalari, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, qonunda belgilangan muhim huquqiy normalar, ularning amaliy ahamiyati hamda davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlashdagi o‘rni yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Kasbi tuman adliya bo‘limi mutaxassislari tomonidan batafsil va huquqiy asoslangan javoblar berildi.

03
adliya xabari



Hurmatli tadbirkorlar!

Qashqadaryo viloyatida savdo sohasida muhim tashabbus —
“Kontrafaktsiz savdo obyekti” loyihasi amalga oshirilmoqda!

???? Mazkur loyiha orqali siz savdo faoliyatingizni qonuniy, shaffof va ishonchli tarzda yo‘lga qo‘yib, maxsus “Kontrafaktsiz obyekt” maqomini qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Loyihada ishtirok etish sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

???? Ishonch va obro‘ oshadi
???? Xaridorlar soni ko‘payadi
???? Raqobatda ustunlikka ega bo‘lasiz
????Tekshiruvlarda yengillik yaratiladi
????Jarima xavfi kamayadi
????Barqaror va qonuniy biznes rivojlanadi.

???? O‘rganish natijasiga ko‘ra, kontrafakt holati aniqlanmagan savdo obyektlariga “Kontrafaktsiz savdo obyekti” SERTIFIKATI  va YORLIG‘I beriladi.

⚡️ Batafsil ma’lumot olish uchun:
⚖️ Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qiling!
????97 140 60 47 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

Halol savdo — ishonch kafolati!
Siz ham “Kontrafaktsiz savdo obyekti” maqomiga ega bo‘ling!

????Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️

02
adliya xabari

#ADLIYA_ARALASHGACH

Tasavvur qiling: foydalanmayotgan yer uchun sizdan 1 milliard 334 million so‘mdan ortiq soliq talab qilinmoqda.
Eng qizig‘i, bu yer allaqachon tuman hokimligi zaxira fondiga o‘tkazilgan.
Muborak tumanida yashovchi fuqaro K. Saidov ham aynan shunday holatga duch keldi.

U o‘z huquqlarini tiklash maqsadida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.
Murojaat adliya organi tomonidan o‘rganilib, soliq organiga tegishli taqdimnoma kiritildi.

Natijada fuqaro zimmasiga asossiz yuklangan 1 milliard 334 million 633 ming 333 so‘mlik soliq qarzdorligi bekor qilindi.

Bu holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki:
Huquqingiz buzildimi? Uni tiklashning qonuniy imkoniyati bor.