Янгиликлар
25
adliya xabari
⚖️ FUQARONING IMTIYOZLI PENSIYAGA CHIQISH HUQUQI TA’MINLANDI
G‘uzor tumani Mevazor qishlog‘ida yashovchi fuqaro T. Mustopoyev uzoq yillar davomida zararli va og‘ir mehnat sharoitida ishlagani sababli imtiyozli pensiyaga chiqishda amaliy yordam so‘rab Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.
???? Murojaat Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlari sho‘basi tomonidan atroflicha o‘rganildi.
Fuqaroga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida uning zararli va og‘ir mehnat sharoitida ishlaganlik faktini belgilash to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritildi.
⚖️ Sud tomonidan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaroning zararli va og‘ir mehnat sharoitida ishlaganlik fakti belgilandi.
✅ Natijada fuqaroning imtiyozli pensiyaga chiqish huquqini amalga oshirishi uchun huquqiy asos yaratildi.