Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

28
RESPUBLIKA ISHCHI GURUHINING NAVBATDAGI OMMAVIY SAYYOR QABULI...

Biroz muddat ilgari boshlangan ommaviy sayyor qabulda Chiroqchi, Ko'kdala, Qamashi va Yakkabog' tumanlari aholisining muammo va takliflariga quloq tutilmoqda. 

28
O’zbekiston Respublikasi va chet el fuqarolari o’rtasida nikoh rasmiylashtirish qay tartibda amalga oshiriladi?

Mazkur savolga Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani FHDY bo’limi 1-toifali inspektori Nargiza Azamatova javob beradi:

28
Kasbi tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan bu safargi oʻquv seminar 30 ta DMTT xodimlari uchun tashkil etildi.

Seminar jarayonida Ommabop qidiruv tizimlari orqali kerakli resurslarni izlab topish va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish xamda huquqiy targ'ibot kanaliga ulanishning afzalliklari borasida targ'ibot ishlari olib borildi.

27
Notarius xizmatidan foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish bo'yicha o'quv- seminar tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida “Notarius xizmatidan foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish hamda mazkur xizmatlardan foydalanishda ortiqcha muammolarga mas'ul tashkilot vakillari bilan birgalikda barxam berish” mavzusida Qashdqarayo viloyati Ma'muriy va Qarshi tumanlararo Ma'muriy sudlari sudyalari, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi va viloyat Qurilish boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar va ularning xodimlari ishtirokida navbatdagi o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.

27
Huquqiy bilimlar kuni

Adliya boshqarmasining mas’ul xodimi tomonidan Qarshi shahrida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilarning huquqiy bilim saviyasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

27
OMMAVIY QABULDA HUQUQIY MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA

Aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o'rgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi  rahbariyati ham fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tinglamoqda.  

26
Biz birgamiz

Marafondan so'ng tadbir bir piyola choy ustida davom etdi. Viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati va xodimlari mazkur tadbirni a'lo darajada o'tishi uchun bor imkoniyatlarini sarfladilar. Birgalashib mana shunday ijobiy va hayrli natijaga erishildi. Barchaning kayfiyati a'lo. Sport-tinchlik, do'stlik elchisi deb bekorga aytilmagan. Marafon ishtirokchilariga yozilgan dasturxon atrofida bo'lib o'tgan raqs, o'yin-kulgu ular kayfiyatiga yanada ko'tarinkilik baxsh etdi.

26
"Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni START oldi!

Shu yilning 26-iyun kuni Respublikamizning 8 ta shahrida Yoshlar kuniga bag'ishlab bir vaqtning o'zida yugurish bo'yicha ommaviy marafon  bo'lib o'tdi. Qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahrida ham aynan "Yangi nafas" shiori ostida ommaviy yugurish marafoniga Ko'kgumbaz obidasi oldidan start berildi.

25
Huquqiy bilimlar kuni

Shahrisabz tuman Adliya  bo'limi, Yoshlar ittifoqi Shahrisabz tuman Kengashi,Vatanparvar tashkiloti hamda Lochin oromgohi tashkilotchilari  bilan hamkorlikda dam olayotgan bolajonlar o‘rtasida “Huquqiy bilimlar kuni” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

25
QAMASHILIKLARGA HUQUQIY KO'MAK BERILDI

Avvalom bor xalqning dardini tinglab, ularning murojaatlarini xar tomonlama o'rganib, ularning masalasiga ijobiy echim topish, murojaatlarini qanoatlantirish bu ham ezgu, ham muxim ishdir.