Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Huquqiy bilimlar kuni


Adliya boshqarmasining mas’ul xodimi tomonidan Qarshi shahrida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilarning huquqiy bilim saviyasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. 

Tadbirda harbiy qism komandiri o‘rinbosari podpolkovnik A.Dauletmuratov, DXX xodimi leytenant S.Isroilov va viloyat Adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi R.Rahmonov va xarbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati va qanday o‘zgarishlar taklif etilayotganligi  hamda  O’zbekiston Respublikasining ““O’zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Xarbiylarning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.