Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

O’zbekiston Respublikasi va chet el fuqarolari o’rtasida nikoh rasmiylashtirish qay tartibda amalga oshiriladi?


Mazkur savolga Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani FHDY bo’limi 1-toifali inspektori Nargiza Azamatova javob beradi:

MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning va O’zbekiston Respublikasining xorijda yashovchi fuqaroning nikohini qayd etish O’zbekiston Respublikasining “Oila Kodeksi”ga muvofiq umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs O’zbekiston Respublikasida bo’lish vizasi nikoh tuzilgan kundan haqiqiy bo’lsagina amalga oshiriladi. Nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda boshqa nikohda turmasligi haqida belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostel qo’yilgan hujjat davlat tilidagi tarjimasi bilan ilova qilinishi lozim.

Shundan so’ng, belgilangan muddatlarda nikohlari qayd etilib, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohga kirgan shaxs fuqarosi bo’lgan xorijiy davlatga nikoh tuzilganligi to’g’risidagi xabarnoma yuboriladi.