Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

RESPUBLIKA ISHCHI GURUHINING NAVBATDAGI OMMAVIY SAYYOR QABULI...


Biroz muddat ilgari boshlangan ommaviy sayyor qabulda Chiroqchi, Ko'kdala, Qamashi va Yakkabog' tumanlari aholisining muammo va takliflariga quloq tutilmoqda. 

Prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo'yicha maslahatchisi boshchiligidagi ishchi guruhi tarkibidan o'rin olgan Xalq qabulxonalari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, o'ttizga yaqin vazirlik, qo'mita va tashkilotlar rahbarlari aholi murojaatlarini tegishliligi bo'yicha qabul qilishmoqda.

Murojaatlarda ko'tarilayotgan har bir masala mas'ullar ishtirokida batafsil tinglanib, muammolarga yechim izlanmoqda.

Bugungi qabul jarayonlarida Qashqadaryo viloyat adliya boshqamasi mas'ullari ham ishtirok etib, fuqarolarining muammolarini atroflicha o'rganishdi.