Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Notarius xizmatidan foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish bo'yicha o'quv- seminar tashkil etildi.


Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida “Notarius xizmatidan foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish hamda mazkur xizmatlardan foydalanishda ortiqcha muammolarga mas'ul tashkilot vakillari bilan birgalikda barxam berish” mavzusida Qashdqarayo viloyati Ma'muriy va Qarshi tumanlararo Ma'muriy sudlari sudyalari, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi va viloyat Qurilish boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar va ularning xodimlari ishtirokida navbatdagi o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.


Bugungi kunda xususiy mulk daxlsizligini ta'minlash va uni himoyasi yuzasidan Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning Konstitusiyaga o'zgartirish kiritish bo'yicha qilgan ma'ruzalariga asosan, taraqqiyotning ko'p asrlik tajribasi shuni ko'rsatadiki, xususiy mulksiz, uning ishonchli kafolatisiz kuchli ijtimoiy davlatni qurib bo'lmasligi, Bosh qomusimizda xususiy mulk  himoyasini ta'minlash uchun zarur bo'lgan konstitusiyaviy kafolatlarni kuchaytirish lozimligi, toki, katta-kichikligidan qat'iy nazar, har bir tadbirkor doimo davlat, Konstitusiya, qonunlar hamda Prezident himoyasida ekanini amalda his qilinishiga, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko'rib chiqmaslik hamda bekor qilmaslik masalasini ham Konstitusiyaviy qoida sifatida belgilashning vaqti-soati kelganligi aytib o'tdilar.


 Shunga ko'ra, bu borada kuchmas mulk bilan bog'liq ma'lumotlarni shakllantirishda asosiy tashkilotlardan biri bu O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Qurilish boshqarmalardir.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma'muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 200-son Qarori ijrosi bo'yicha (Pirmatov Asror Asqaralievich – Qarshi tumanida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notaruis va viloyat Qurilish boshqarmasi mas'ul Astanov Feruz Normurodovich). Seminar davomida notariuslar tomonidan soha vakillariga o'zlarining notarial harakatlarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar, ularni yechimi bo'yicha takliflar bildirdi.


 Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Qurilish vazirligidagi mavjud elektron axborot tizimidagi imkoniyatlar va ulardagi ma'ulmotlarni shakllantirish, shuningdek vakolatli organlar bilan rial vaqtda rejimida axborot almashishdagi holatlar, ulardagi xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablari bo'yicha o'zlarining fikrlarini bildirib, qonun-hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha takliflar berdi.

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi