Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

OMMAVIY QABULDA HUQUQIY MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA


 Aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o'rgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi  rahbariyati ham fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tinglamoqda.  

Xususan, ayni paytda Shahrisabz shahrida davom etayotgan ommaviy qabullarda  viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Alisher Isoqov qatnashmoqda. Qabulda fuqarolardan huquqiy mazmundagi 20 ga yaqin murojaat qabul qilinib, 30 nafardan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Shahrisabz tuman FHDY bo'limi tomonida 2 ta guvohnoma sayyor tartibda topshirildi.