Yangiliklar
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (572-son, 17.09.2021 y.) qabul qilindi.
Hukumat qarori (585-son, 17.09.2021 y.) bilan Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, davlat nazoratini takomillashtirish va “Soliqchi – ko‘makchi” tizimi orqali ularga nisbatan ma’muriy va soliq yukini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganishsh, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha davlat rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan kelib chiqib, joriy yilning 21 sentabr kuni O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi binosida viloyat adliya boshqarmasi hamda Adliya vazirligi huzaridagi Intelektual mulk agentligining Qashqadaryo viloyati Intilektaul mulk himoyasi markazi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi J.Norov tomonidan joriy yil 20 sentyabrda “Oltin voha” radiosida “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” eshittirishi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot tashkil etildi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ayollar masalasida jamiyatda gender tenglikni ta’minlash, ayollarimiz uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarning o‘z bilim va salohiyatlarini to‘laqonli namoyon etishini ta’minlovchi tizim yaratildi. Xususan, hozirgi davrda bu boradagi ishlar samarasiga har qachongidanda ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
Saylov komissiyalari saylov kampaniyasini o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu Kodeks talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa masalalari xususida o‘ziga kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqishi, ushbu murojaatlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, saylovga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol ko‘rib chiqib, javob qaytarishi shart, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.
Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatdir.
Ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida o‘n kun oldin xabardor qiladi.