Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Huquqiy maslahatga muhtoj xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi


Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ayollar masalasida jamiyatda gender tenglikni ta’minlash, ayollarimiz uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarning o‘z bilim va salohiyatlarini to‘laqonli namoyon etishini ta’minlovchi tizim yaratildi. Xususan, hozirgi davrda bu boradagi ishlar samarasiga har qachongidanda ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.

Shu bois, joriy yil 20 sentabr kuni Koson tuman adliya bo‘limi hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudi va iqtisodiy ishlar bo’yicha Koson tumanlararo sudi hamkorlikda tumandagi “Ayollar daftari” ga kiritilgan huquqiy maslahatga muhtoj xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “Ayollar daftari” ga kiritilgan huquqiy maslahatga muhtoj xotin-qizlar to‘liq qamrab olindi hamda huquqiy tushuntirish berish orqali ularning muammolari hal etilishiga erishildi.