Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Tadbirkorlarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda


Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, davlat nazoratini takomillashtirish va “Soliqchi – ko‘makchi” tizimi orqali ularga nisbatan ma’muriy va soliq yukini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganishsh, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha davlat rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan kelib chiqib, joriy yilning 21 sentabr kuni O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi binosida viloyat adliya boshqarmasi hamda Adliya vazirligi huzaridagi Intelektual mulk agentligining Qashqadaryo viloyati Intilektaul mulk himoyasi markazi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 6314-son Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda unda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

         Uchrashuv davomida Farmonning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.

         Shundan so‘ng, Intilektaul mulk himoyasi markazining mas’ul xodimi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga markaz faoliyati haqida qisqacha tushuntirish berilib, bozorlar va savdo komplekslarida keng tarqalayotgan kantrafakt maxsulotlari va markaz tomonidan ularga qarshi ko‘rilayotgan choralar haqidan tushuntirildi.

         Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlariga tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, ixtirolar, sanoat na’munalari va boshqa shunga o‘xshash tadbirkorlik na’munalarini qanday ro‘yxatdan o‘tkazish haqida ham ma’lumotlar berildi.

         Uchrashuv qizg‘in davom etib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.