Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

O’zbekiston Respublikasi saylov kodeksi 101-moddasi:


Saylov komissiyalari saylov kampaniyasini o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu Kodeks talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa masalalari xususida o‘ziga kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqishi, ushbu murojaatlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, saylovga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol ko‘rib chiqib, javob qaytarishi shart, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.

Murojaatlar qaydlov daftarida ro‘yxatga olinishi lozim.

Saylov komissiyasining raisi murojaatni ko‘rib chiqish va unga doir qaror qabul qilish uchun tegishli komissiyani ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda chaqiradi va uning majlisini o‘tkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.