Yangiliklar
Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibidan xabardormisiz?
Mamlakatimizda eʼlon qilingan maʼmuriy islohotlar yuzasidan ayrim OAVlari va ijtimoiy tarmoqlarda turlicha qarashlar bayon etilmoqda. Albatta, fikrlar xilma-xil boʻlgani yaxshi, lekin ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlar masalani mutaxassis boʻlmagan yoki zarur bilim va tajribasi boʻlmasa-da, oʻzlarini ekspert deb eʼlon qilayotgan shaxslar bilan intervyular tashkil qilib, oʻz kuzatuvchilariga islohotlarni bir tomonlama faqat salbiy tomondan koʻrsatish va baholash bilan shugʻullanmoqdalar. Xususan, shu kunlarda KunUZ va Qalampir.uz turkum intervyularni eʼlon qilishdi.
Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasida tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoni hamda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro yetuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan fuqarolik holatlari dalolatnomalari qay tartibda qayd qilinadi ?
Muborak tuman DXM xodimlari tomonidan "Konchilar" mahalla fuqarolar yig'inida tadbirkorlarga "Huquqiy axborot" kanaliga ulanish bo'yicha tafsiyalar berilmoqda.
Qarshi tuman adliya bo’limi tomonidan tuman hokimligi, O’zLiDep tuman Kengashi, Qarshi Davlat universiteti hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo’llagan Murojaatnomasi hamda “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori (PQ–447-son, 21.12.2022 y.) doirasida tuman hokimligi majlislar zalida seminar tashkil etildi.
Huquqiy masalalarda foydali ma'lumotlar bilan @huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:
@huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida)
@pravoinf (rus tilida)
@leginf (ingliz tilida)
Qarshi tumani adliya bo’limi tomonidan belgilangan reja asosida tuman Ichki ishlar bo’limi hamkorigida ”Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ’ibot tadbirlari bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Qizil hudud”ga mansub “Nuqrabod” MFY fuqarolari o’rtasida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Қашқадарё вилояти Чироқчи туманида яшовчи фуқаро Фарҳод Ботиров тумандаги 101-сонли мактабда жисмоний тарбия фани ўқитувчиси бўлиб ишлар эди. Ўтган йилнинг ёзги таътил вақтида “ишга келмадинг” деган важ билан мактаб раҳбари уни ишдан бўшатади. Ўтган вақт мобайнида ишини тиклаш мақсадида ташкилотма-ташкилот сарсон бўлган фуқаро охири туман адлия бўлимига мурожаат қилади.