Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Vorislik huquqi aksiyasi


Xabaringiz bor joriy yilning  10-fevralidan  10-mart kuniga qadar Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Notarial palatasi hamkorligida  “Vorislik huquqi” aksiyasi eʼlon qilingan boʻlib, mazkur aksiyani oʻtkazishdan maqsad  oilalarda meros bilan bogʻliq nizolarning oldini olish, shuningdek, fuqarolarning mol-mulkka boʻlgan huquqlarini taʼminlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirishdan iboratdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib Kitob tumani "Ali Qushchi" mahalla fuqarolari yigʻinida tumanda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar  tomonidan aksiya tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda fuqarolarga vorislik huquqi yuzasidan tushunchalar berildi, shuningdek vorislik huquqi boʻyicha tayyorlangan infografikalar tarqatildi.