Янгиликлар
“Vorislik huquqi” bo‘yicha tanlovda ishtirok eting va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Notarial palatasi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Vorislik huquqi” aksiyasi doirasida tanlov tashkil etilishi belgilangan.
(https://t.me/huquqiyaxborot/13176) Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida roʻyxatdan oʻtiladi (oxirgi muddat – 23-fevral).
❕ Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasining 15 yoshga toʻlgan fuqarolari, shu jumladan, taʼlim muassasalari oʻquvchilari, davlat tashkilotlari xodimlari, nogironligi boʻlgan shaxslar, xorijda yashovchi fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
▫️1-bosqich – test sinovi. 24-fevral kuni soat 09:00 dan 15:00 ga qadar onlayn tarzda (8-dekabr.adliya.uz saytida) boʻlib oʻtadi.
▫️2-bosqich – suhbat. 28-fevral kuni tashkil etiladi.
Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadi:
▫️1-oʻrin: Noutbuk;
▫️2-oʻrin: Televizor;
▫️3-oʻrin: Planshet.
Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda (https://8-dekabr.adliya.uz/page/about) tanishishingiz mumkin.