Yangiliklar
Adliya tadbirkorlar uchun master-klass tashkil qildi
Bugun viloyat adliya boshqarmasi va Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etayotgan shaxslar, tadbirkorlar va hunarmandlar uchun o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalligi bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.
Bugun viloyat Adliya boshqarmasi hamda harbiy prokuratura mas’ul xodimlari hamkorligida “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlab “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Qarshi tumani xonobod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qismning shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Korrupsiya va milliy taraqqiyot: muammo va yechimlar” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Adliyada oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi
Viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida o'tkazilgan yig'ilishda bozorlardan tashqari, korxona va tashkilotlarda ham arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi o'tkazilishi ma'lum qilingan edi.
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi ishchi-xodimlari uchun turli xil arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Qarshi shahri Davlat xizmatlari markazi xodimlari "YERQO'RG'ON" buyum bozorida tadbirkorlar uchun sayyor qabul o'tkazdi.
Bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, gʻalaba timsoli boʻlgan. Millat bayrogʻi. U jondek aziz, nondek moʻtabardir.
Shahrisabz shahar adliya bo‘limiga Shahrisabz shahar 1, 2, 3-OP va Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda IT-hamshiralar bo‘lib ishlovchi hamshiralar P.Q-5124-sonli qaror bo‘yicha 100 foizlik ustamalar birlashma tomonidan to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib, ustama pullarini to‘lab berilishida amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilishdi.
Qarshi shahar adliya bo'limi tomonidan , qizil toifaga kiritilgan "Mahallot" mahallasi aholisi bilan uchrashib, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazishdi.
Davlat bayrog'iga nisbatan hurmatni ta'minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash bo'lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin. (https://www.lex.uz/uz/docs/-100122#-1721757)
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o'quvchi-yoshlari o'rtasida "Idrok" intellektual o'yini o'tkazib borish belgilangan.
Bugun Koson tumanida viloyat prokuraturasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat adliya boshqarmasi hamkorigida mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ’ibot tadbiri bo'lib o'tdi.