Янгиликлар
16
Adliyada master- klass
Adliya tadbirkorlar uchun master-klass tashkil qildi
Bugun viloyat adliya boshqarmasi va Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etayotgan shaxslar, tadbirkorlar va hunarmandlar uchun o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalligi bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.
Xususan, mazkur tadbirda adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari A.Isoqov so'zga chiqib,viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga o‘z intellektual mulk ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tartib-taomillari, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida xususan, o‘z tovar belgilariga ega bo‘lishda ko‘mak berib kelinayotganligi, ayniqsa tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan tezkor ekspertiza tartibida o‘z tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish sonida sezilarli darajada o‘sish bo‘lganligi haqida ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek, adliya boshqarmasi tomonidan xar hil ko‘rinishdagi targ‘ibot tadbirlari natijasida ularning huquqiy savodxonligi oshib borayotganligi hamda tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘zkazishning afzalliklari haqidagi huquqiy tushuntirishlar va ko‘maklashishlar natijasida joriy yilning o‘zida 100 dan ortiq tadbirkorlik subektlari o‘z tovar belgisiga ega bo‘lishiga yaqindan yordam berilganligi haqida ham aytib o'tildi.