Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

02
Adliya: sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi topshirig‘iga asosan sud-huquq sohasidagi ommaviy sayyor qabullarning 2-kuni G'uzor tumanida bo‘lib o‘tdi. 

01
#adliya_hudud

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarma boshlig'i O'.Ostanov  Shahrisabz tumani hamda Shahrisabz shahar  adliya bolimlari, FHDY bo‘limi, YXKM va davlat xizmatlari markazi  ish faoliyatini bilan yaqindan tanishdi

01
Adliya: sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joriy yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi topshirig‘iga asosan sud-huquq sohasidagi murojaatlarga samarali yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

01
Huquqiy targ'ibot kuni

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan Qarshi shahridagi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi 3-sonli jazoni ijro etish koloniyasi mahbuslari o‘rtasida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, yangilangan Konstitusiya mazmun-mohiyati va Korrupsiya holatlarining salbiy  oqibatlarini tushuntirish maqsadida targ'ibot tadbiri o`tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida jinoyatchilikni oldini olish, firibgarlik hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi mazmun-mohiyati ham tushuntirildi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

31
SUD-HUQUQ MASALALARI BO‘YICHA SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan 1- 3 - noyabr kunlari sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabullar o‘tkaziladi.

Mazkur sayyor qabullar doirasida Adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan: 

- 1-noyabr soat 10:00 da Shahrisabz tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazida: Shahrisabz  shahar, Yakkabog', Chiroqchi, Kitob tumanlari aholisi uchun;

-2 - noyabr soat 10:00 da G'uzor tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi binosida Qamashi , Dehqonobod, Ko'kdala va Nishon  tumanlari aholisi uchun;

-3 - noyabr soat 10:00 da Qarshi shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi binosida Koson,  Muborak, Kasbi, Mirishkor va Qarshi tumanlari aholisi uchun.

31
CHORVADORLIKLAR MUROJAATI ADLIYA E’TIBORIDA

Avval xabar berganimizdek, "Har bir uya bepul huquqiy yordam" aksiyasi doirasida Chorvador" MFY da  sayyor qabuli tashkil etildi.

Bunda ayniqsa, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, alohida nazoratda turgan fuqarolarning   murojaatlari yuzasidan muammolariga o‘z joyida yechim topildi.

“Chorvador” mahalla fuqarosi Raxmatillayeva Gulxayo 9 yilki nikoh guvohnomasi yo'q. U ayni paytda 2 farzandning onasi . Oilada e'tiborsizlik hamda masofa uzoqligi sababli vaqtida nikoh hujjatini tiklashda amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qildi.

30
#ADLIYADAN_AKSIYA

Xabaringiz bor, joriy yilning 30-oktabrdan 4-noyabrgacha Ko‘kdala tumanining “CHORVADOR”, “TOSHLI”, “QANOTLI” mahallalarida “HAR BIR UYGA BEPUL HUQUQIY YORDAM AKSIYASI” doirasida tuman adliya bo'limi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY organlari, DXM xodimlari hamda notariuslar va advokatlar ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul hamda sayyor xizmatlar o'tkazilishi belgilangan edi.

30
Adliya vaziri yuridik xizmat markazlarining qonunchilikka takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Qashqadaryo viloyatida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan har haftada qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tayyorlangan takliflarni taqdimot qilish amaliyoti joriy etilgan.

27
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi

“Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish boʻyicha DAVRA SUHBATI oʻtkazildi.
        Davra suhabtida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zayniyev Farxod Nuritdinovich “Saylov organlari tizimini takomillashtirishning oʻziga xosligi” toʻgʻrisida tushunchalar berdi.

27
Qarshi tumani Davlat xizmatlari markazida ham xorijga chiqish pasportini berish yo‘lga qo‘yildi.

Xabaringiz bor, 2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat xizmatlari markazi ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni bosqichma-bosqich boshlagandi.

Yaqinda imkoniyat Qarshi tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida ham yaratildi.

Endilikda xorijga chiqish pasportini olish istagidagi fuqarolarimiz mazur tashkilotga tashrif buyurib, ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin.