Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Davlat tili” to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinganligining 35-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi


Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Til bor ekan millat barhayot. 

  Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash maqsadida 77-sonli o‘rta ta’lim maktabida “Davlat tili” to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinganligining 35-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

   O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda har kim o‘z hissasini qo‘shishi zarurligi hamda har kimdan tilga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etishi ta’kidlandi.

   Shuningdek, tilni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burch bo‘lib qolishi lozimligi ta’kidlandi.