Янгиликлар
10
Ochiq eshiklar kuni
Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan yoshlar adliya organlarni adliya faoliyati bilan tanishish, huquqshunoslik kasbiga mehr uyg‘otish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazlari va FHDY tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.
Ayniqsa, tadbir ishtirokchilarida fuqarolarga davlat xizmati ko‘rsatilishi axborot tizimi orqali olib borilayotganligi, bu xodim va fuqarolarga qulay va ortiqcha vaqt sarflanmasligi katta qiziqish uyg‘otdi.