Янгиликлар
14
Huquqiy bilimlar oyligi
Qarshi shahar adliya bo'limi xodimi B.Begmatov tomonidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti 35-sonli manzil koloniyasida saylov qonunchiligi mazmun-mohiyati bo'yicha tar'ibot tadbiri o`tkazildi.
Tadbir davomida saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ovoz berish tartibi, saylovda ishtirok etish joyi, muddatidan oldin va turgan joyida ovoz berish tartibi, chet elda yashayotgan fuqarolarning saylovda ishtirok etish tartiblari xususida tushuntirish berildi.