Янгиликлар
14
Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q
Joriy yilning 10-oktabr kuni Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” shiori ostida otaliqqa olingan 40 nafar yoshlarni Qamashi tumanidagi Langar ota ziyoratgohida sayohat tashkil etildi.
Yoshlarga Hisor tog‘ tizmalari oralig‘ida joylashgan Langar ota ziyoratgohi qadimiy xonaqoh-maqbaralar sirasiga kirishi, 1520-yillarda bunyod etilganligi, o‘rta asrlar Markaziy Osiyo me’morchiligining noyob namunasi bo‘lgan ushbu majmuada tasavvuf ta’limotining yirik vakillari abadiy qo‘nim topganligi haqida gapirib berildi.