Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

YERQO'RG'ON BOZORIDA 35 TA  TADBIRKORGA SAYYOR XIZMAT KO'RSATILDI


YERQO'RG'ON BOZORIDA 35 TA  TADBIRKORGA SAYYOR XIZMAT KO'RSATILDI 

Qarshi shahri Davlat xizmatlari markazi xodimlari  "YERQO'RG'ON" buyum bozorida tadbirkorlar uchun sayyor qabul  o'tkazdi. 

Tadbir davomida davlat   ro‘yxatidan   o‘tmasdan   faoliyat   yuritib kelayotgan   tadbirkorlik   sub’yektlarini aniqlab, davlat   ro‘yxatidan   o‘tkazilishi ta'minlandi. Qabul davomida  15 ta YATT davlat ro'yxatidan o'tkazilib, 20 ta YATT qayta ro'yxatdan o'tkazildi.

Bundan tashqari , fuqarolarga 4 ta ERI kaliti olib berilgan bo'lsa, 50 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning 31 yilligi munosabati bilan fuqarolarga konstitutsiyaga yangi kiritilgan moddalar tushuntirib o'tildi. 

Shundan so'ng bepul huquqiy maslahat va maʼlumotlar berishni nazarda tutuvchi “Advice for business” maxsus interaktiv huquqiy portalining qulayligi va boshqa imkoniyatlari boʻyicha keng tushuntirildi.