Янгиликлар
10
IDROK
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o'quvchi-yoshlari o'rtasida "Idrok" intellektual o'yini o'tkazib borish belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida tanlovning texnikum bosqichi bo'lib o'tdi.
"Idrok" intellektual o'yinining yakuniy natijalarga ko'ra, "UZBEK POWER" jamoasi g'olib deb topilib, Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Shuningdek, jamoalar ichidan "Eng ahil jamoa" nominatsiyasiga "Adliya qanotlari" jamoasi, "Eng tezkor ishtirokchi" nominatsiyasiga Oʻrolov Sunnat hamda bilimdonlar ichida "Eng bilimdon ishtirokchi" nominatsiyasiga Ibragimov Asadbek munosib deb topildi.