Янгиликлар
10
Huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Bugun Koson tumanida viloyat prokuraturasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat adliya boshqarmasi hamkorigida mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ’ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda ishtirokchilariga huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishlariga murosasizlik muhitini yaratish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik va ularning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar haqida ma‘lumotlar berilib, mahalla beshligi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalari yuzasidan tayyorlangan qo‘llanmalar va bukletlar tarqatildi.