Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

14
Bugun radio efirida...

Joriy yilning 14-mart kuni Dehqonobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Tangriyev, bosh maslahatchisi U.Aliboyev va yetakchi maslahatchisi J.Ikromovlar tomonidan “Oltin voha” radiosining to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshittirishi orqali qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

14
Bir murojaat izidan

Joriy yilning 12 mart kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikda Koson tuman adliya bo‘limi ish faoliyati hamda ijobiy hal etilgan murojaatlari yuzasidan lavhalar tayyorlandi.

14
Chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin (https://lex.uz/docs/111453).

11
Istalgan avtomobil tarixiga oid ma'lumotlarni olish mumkin

stalgan avtomobil tarixiga oid ma'lumotlarni olish mumkin

11
Bugun radio efirida

Joriy yilning 11-mart kuni Shahrisabz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsultlari A.Dustov, R.Raxmonov va Sh.Sheripovalar viloyat “Oltin voha” radiosi orqali qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirishdi.

11
Muloqot ko‘rsatuvi

Joriy yilning 11 mart kuni Qarshi shahar adliya bo‘limi boshlig‘i D.Usmonov, bosh maslahatchi N.Mavlonov va yetakchi maslahatchi O.Abosaidovlar ishtirokida viloyat televideniyesida “Muloqot” ko‘rsatuvi orqali davra suhbati tashkil etildi.

Efirda adliya bo‘lim xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-139-son qarori mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.

10
Jazoni ijro etish koloniyasida qonun xujjatlari tushuntirildi

Joriy yilning 10 mart kuni Qarshi shahar adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi O.Abosaidov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti to‘rtinchi mintaqaviy hudud 2-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar hamda koloniya xodimlari o‘rtasida qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

10
shidan ajralgan holda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish kurslariga yuborilgan tinglovchilarning butun o'qish davrida asosiy ish joyi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqi saqlanib qolinadi.

shidan ajralgan holda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish kurslariga yuborilgan tinglovchilarning butun o'qish davrida asosiy ish joyi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqi saqlanib qolinadi.

10
Navbatdagi targ‘ibot tadbiri

Joriy yilning 9 mart kuni Shahrisabz shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi A.Begimov,  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’sul xodimi N.Abdullayev, shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i B.Qurbonovlar va bo‘limi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya jamiyatga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

10
Jaholatga qarshi ma’rifat

Bugun viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Ma’naviyat va kitobxonlik soati” mashg‘uloti tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma xodimlari, O’zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyatidagi vakilining birinchi o‘rinbosari M.Qorayev hamda Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi Z.Boymurodovlar ishtirok etishdi.