Yangiliklar
Bugun “Oltin voha” radiosining “Qaror va ijro” to‘g‘ridan-to‘g‘ri efiri orqali Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi”ning 24-moddasiga kiritalayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berildi.
Барчага сир эмаски оилада эр-хотин ўртасидаги турли салбий ҳолатлар нафақат уларнинг ўзларига, балки энг ачинарлиси фарзанд тарбиясига ва юзага келадиган ажримлар жамиятда носоғлом муҳитни шаклланишига сабаб бўлади.
Koson tuman hokimligi tomonidan "Qadring baland bòlsin, ona-tilim!" tanlovi bo'lib o'tdi.
Odam savdosiga qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ma'sul xodimlarini qisqa muddatli o'qitish, hamda malakasini oshirish"ga mo'ljallangan o'quv mashg'ulotiga ishtirok etish uchun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi inson huquqlari bo'limi boshlig'i,Odam savdosiga va majburiy mehnatga karshi kurashish bo'yicha viloyat xududiy komissiyasi ishchi guruxi a'zolari, hamda tegishli idora va tashkilotlar xodimlari qatnashdi.
Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi, ichki ishlar bo‘limi davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazi hamda FHDY xodimlari bilan birgalikda “15-oktabr-Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga bag‘ishlab tumandagi “Xo‘jailg‘or” mahallasida qishloq ayollariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat partiyasi tashkilotida “Siyosiy partiyada va davlat organlarida ijro intizomini tashkil etish va ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida seminar tadbiri tashkil etildi.
Boshqarmasining Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi mas’ul xodimi J.Ikromov tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat partiyasi tashkilotida “Siyosiy partiyada va davlat organlarida ijro intizomini tashkil etish va ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Qashqadaryo viloyat xokimi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan Inson huquqlari bo'yicha (Ombudsman)ning Qashqadaryo viloyat vakili, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi Qashqadaryo viloyat rahbari, G'uzor tuman hokimligi, tuman prokurori,G'uzor tuman adliya bo'limi,tuman IIB boshlig'i MFY raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli, tumandagi tashkilot rahbarlari hodimlari ishtirokida, “O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va unga kiritilayotgan o'zgartirishlar Inson huquq va erkinliklarini ta'minlash asosiy kafolati” va “Fuqarolar bilan muloqot inson huquqlarining ta'minlanishi bosh omilidir” mavzusida davra suxbati bo'lib o'tdi.
“Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (610-son, 18.10.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra, Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq maʼlumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023-yil 1-yanvarga qadar ishga tushiriladi.
Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.
2024-yil 1-yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.
Davlat kadastrlarini yurituvchi vakolatli organlar 2022-yil oxiriga qadar oʻzlarining maʼlumotlar bazalari axborot tizimiga toʻliq integratsiya qilinishi taʼminlanadi.
Malaka shahodatnomasiga ega boʻlgan kadastr muhandislari axborot tizimidan foydalanilganligi uchun har oyda BHMning bir baravari miqdorida toʻlov amalga oshiradi.
Ochiq maʼlumotlar ommaviy geoportal orqali davlat boshqaruvi organlariga bepul, jismoniy shaxslar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa yuridik shaxslarga toʻlov evaziga taqdim etiladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reestridagi yer uchastkasi kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni foydalanuvchilar tomonidan bepul olish imkoniyati yaratiladi.
Joriy yilning 20-oktyabr kuni adliya boshqarmasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi, Qarshi davlat universiteti bilan hamkorlikda “Inson insonligi, til bilan shaksiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Kitob tuman davlat xizmatlari markazida Oʼzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tuman hokimligi hamda Milliy tiklanish partiyasi viloyat kengashi vakillari, Kitob tuman Аdliya boʼlimi hamkorligida davra suhbati oʼtkazildi. Unda oʼzbek tilining boy imkoniyatlari, bu imkoniyatlarni ishga solishda, tashkilotlarning nom olishida markaz xodimlari tomonidan olib borilayotgan targʼibot ishlari ahamiyati haqida ham soʼz bordi.