Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

07
KONSTITUTSIYA BAXTIMIZ QOMUSI

8-Dekabr — "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi" munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.

  Tadbir avvalida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O'.Ostonov barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

  Sana munosabati bilan Adliya organlari va muassasalarida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni hamda "O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni  bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, tizimda faoliyat yuritib, o'z xizmat vazifalarini mas'uliyat bilan ado etib kelayotgan xodimlar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar hamda faxriy yorliqlar tantanali tarzda topshirildi.

07
Tabrik

Qashqaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O'ral Ostanov "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi  nomidan muborakbod etamiz.

07
KONSTITUTSIYA - G'URURIM MENING!

Bugun viloyatimizning barcha tumanlarida Adliya bo'limlari tomonidan KONSTITUTSIYA - G'URURIM MENING! shiori ostida davlat organlari va tashkilotlarida hamda ta'lim muassasalarida targ'ibot tadbirlari va musoboqalar tashkil etildi.

Xususan, Yakkabog', Kitob, G'uzor, Chiroqchi, Nishon, Qamashi, Shahrisabz va Qarshi tumanlari shular jumlasidandir.

06
QASHQADARYODA FUTBOL MUSOBAQASIGA START BERILDI.

“8 dekabr – Konstitusiya kuni” bayrami munosabati bilan adliya boshqarmasi va uning tizimida ishlovchi xodimlar o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha “Adliya kubogi – 2022” musobaqasiga start berildi.

06
9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"

Joriy yilning 6-dekabr kuni Qarshi shahar madaniyat markazida Qarshi shahar adliya bo'limi, Prokuratura va Ichki ishlar organlari ma'sul xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyat mahalla va nuroniylarni qullab-quvvatlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida semenar bo'lib o'tdi.

06
“Konstitutsiya - bosh qomusimiz” mavzularida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Bugun Qarshi tuman adliya bo'limi mas'ul xodimi tomonidan viloyat Arxiv ishi boshqarmasida  “Zuravonlikka qarshi 16 kun” targ‘ibot tadbiri doirasida “Biz zuravonlikka qarshimiz”  hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - bosh qomusimiz” mavzularida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

06
Konstitutsiya g‘ururim

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Qarshi filialida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan targ’ibot tadbiri o’tkazildi, unda Qarshi tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi A.Jurayev ishtirok etdi.

06
Mening konstitutsiyam

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 30 yillig bayrami munosobati bilan Shahrisabz shahar Davlat xizmatlari markazida tashrif buyuruvchilarni bayramona kayfiyatda maxsus bayroqchalar  hamda konstitutsiya kitobchasi sovg'a tariqasida kutib olindi.

05
QASHQADARYODA FUTBOL MUSOBAQASIGA START BERILDI

“8-dekabr – Konstitutsiya kuni” bayrami munosabati bilan adliya boshqarmasi va uning tizimida ishlovchi xodimlar oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha “Adliya kubogi – 2022” musobaqasiga start berildi.

02
Muborakda fuqarolar MOBILE ID tizimidan ro'yxatdan o'tkazildi.

Bugun Muborak tumanida fuqarolarga Mobile-ID tizimidan foydalanish bo'yicha tushunchalar berildi  va ushbu tizimdan ro'yxatdan o'tkazish ishlari amalga oshirildi.