Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘z vaqtida taqdim etilmagan Mehnat daftarchasi uchun qo‘shimcha haq to‘lanadigan bo‘ldi


Viloyat adliya boshqarmasiga Koson tumani, “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqaro G‘. Ruziboyev mehnat daftarchasi Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilingan bo‘lsada, taqdim etilmayotganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Mazkur holat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib, fuqaro manfaatini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi.

Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 3.1-bandida ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda butun kechiktirilgan davr uchun xodimga o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanishi belgilangan.

Adliya aralashuvi bilan da’vo arizasi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligi sababli butun kechiktirilgan davr uchun xodimga o‘rtacha oylik ish haqi to‘lash majburiyatini yuklash va 3 mln so‘m ma’naviy zarar undirish haqida hal qiluv qarori chiqarildi.



Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi

Inson huquqlari bo'limi boshlig'i E. Ismoilov