Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

KONSTITUTSIYA - INSON HUQUQLARI KAFOLATI


   Kasbi tumani "Mug'lon" mahalla fuqarolar yig'inida davlat xizmatlari markazi hamda tuman maktab direktorlari  ishtirokida “Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.

    Muloqot tarzida bo'lib o'tgan targ'ibot tadbirida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil qilish va o`tkazishga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga alohida  to`xtalib o`tildi. 

   Shuningdek, xotin-qizlarning mehnat va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan huquq va imtiyozlari haqida keng ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.