Yangiliklar
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi hamda Qarshi shahridagi hususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusi hamda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi 3-sonli jazoni ijro etish koloniyasi xodimlariga yangi qabul qilingan Konstitusiya mazmun-mohiyati bo'yicha tar'ibot tadbiri o`tkazildi.
Joriy yilning 12 sentabr kuni Qashqadaryo viloyatida yangi tahrirdagi Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. O‘quv-seminarda viloyat, tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparati xodimlari, davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Shahrisabz Muruvvat ayollar internat uyida salkam 30 yildan buyon yashab kelayotgan 10 nafar ayolning na tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va na shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lgan. Ayollarning shu kunga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat olish masalasi bir necha marotaba ko‘tarilgan bo‘lsa-da ijobiy natija bo‘lmagan.
Қашқадарё вилояти Касби тумани адлия бўлими томонидан туман тиббиёт бирлашмаси тизимида фаолият юритаётган 20 нафар IT оператор – ҳамшира туман тиббиёт бирлашмасидан норози бўлиб, туман адлия бўлимига мурожаат қилишган.
Joriy yilning 08 sentabr kuni G‘uzor tuman adliya bo‘limi va YXKM tomonidan ZOOM platformasida davra suhbati tashkil etildi. O'tkazilgan uchrashuvda mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollarii, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
Yakkabog‘ tuman Jambul MFY da yashovchi M.Normurodova “Mikrokredit” ATB da 25 davomida hisobchi bo'lib ishlab kelgan. 2023 yil 1-iyunda mehnat shartnomasi bekor qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishi belgilangan bo‘lsa-da, javobgar tomonidan 2023 yilning 4 iyul kuniga qadar M.Normurodovaga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmagan. Shu sabali fuqaro norozi bo'lib tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.
Hozirda yoshlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish uchun toifalarga kiritilgan yoshlar tumandagi mas’ul rahbarlarga biriktirildi. Ular tomonidan yoshlarning doim ravishda xolidan xabar olinib, muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Dehqonobod tumani adliya bo'limi,tuman JIB sudi, tuman IIB,adliya bo'limi YXKM va mahallalarda faoliyat yuritayotgan beshlik vakillari ishtirokida sodir etilgan jinoyatchilikni o‘sish holati kuzatilgan qizil hududga kiritilgan Istiqlol MFY hududida yashovchi fuqarolarga jinoyatlarni oldini olish yuzasidan Jinoyatlar profilaktikasi to‘g‘risidagi, O‘RQ-829-son Xotin- qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risidagi qonuni va yangi mehnat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalar to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilardan tushgan savollarga javoblar qaytarildi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2023-yil 23-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o'quvchilari uchun Adliya vazirligi stipendiyasini ta'sis etish to'g'risida"gi 218-um-son buyrug'iga asosan,
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining 5 nafar o'quvchisi O'zbekiston Respublikasi "Adliya vazirligi stipendiyasi" sohibi bo'ldilar.
Shahrisabz tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan "Tanxoz" mahalla fuqarolar yig'inida maktab o'quvchilari uchun "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" shiori ostidagi huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul tashkil qilindi,