Янгиликлар
13
O'quv-Seminar
Joriy yilning 12 sentabr kuni Qashqadaryo viloyatida yangi tahrirdagi Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. O‘quv-seminarda viloyat, tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparati xodimlari, davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
O‘quv-seminarni o‘tkazish bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi hamda boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan qo‘shma qaror imzolangan bo‘lib, ko‘zlangan asosiy maqsad hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarining Yangilangan Konstitusiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdan iborat.
O‘quv-seminarida yuridik soha vakillari, davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali hamda adliya boshqarmasi mas‘ullari ma‘ruza bilan ishtirok etishdi.