Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Fuqaroning 25 yillik mehnatiga nafaqa to'landi


Yakkabog‘ tuman Jambul MFY da yashovchi M.Normurodova “Mikrokredit” ATB da 25 davomida hisobchi bo'lib ishlab kelgan. 2023 yil 1-iyunda mehnat shartnomasi bekor qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishi belgilangan bo‘lsa-da, javobgar tomonidan 2023 yilning 4 iyul kuniga qadar M.Normurodovaga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmagan. Shu sabali fuqaro norozi bo'lib tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.

Tuman adliya bo'limi fuqaro manfaatini ko'zlab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudiga “Mikrokredit” ATB Chiroqchi filialiga nisbatan ishdan bo‘shatish nafaqasini undirish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritildi.

Adliya aralashgach sud tomonidan fuqaroning murojaati  qanoatlantirilb, javobgar hisobidan M.Normurodova foydasiga 17 800 000 so‘m ishdan bo‘shatish nafaqasi hamda 1 000 000 so‘m ma’naviy zarar undirildi.



                              








Report content on this page