Янгиликлар
14
Huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Huquqiy targ'ibot tadbirlari joylarda davom etmoqda
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi hamda Qarshi shahridagi hususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusi hamda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi 3-sonli jazoni ijro etish koloniyasi xodimlariga yangi qabul qilingan Konstitusiya mazmun-mohiyati bo'yicha tar'ibot tadbiri o`tkazildi.
Shuningdek,tadbir davomida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati, ishga qabul qilish, mehnat shartnomasi tuzish tartiblari, jinoyatchilikni oldini olish, firibgarlik hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 385-son “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori va boshqa qonun hujjatlari tushuntirildi.