Yangiliklar
"Adliya ayoli" respublika ko'rik-tanlovining birinchi bosqichi "Men haqimda" deb nomlanib, bunda ishtirokchilar adliya organlari tizimidagi faoliyat samaradorligi, jamiyatdagi faolligi, tashabbuskorligi va bekalik sifatlarini tanishtiruvning interaktiv usullari orqali namoyon etishmoqda.
Tanlovda ishtirok etayotgan har bir xotin-qiz o'ziga xos jihatlar va faolliklarini munosib tarzda taqdim etishmoqda.
Nafosat bellashuvi davom etmoqda...
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Jaxongir Zohidov ishtirokida matbuot anjuman o'tkazildi.
Unda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 9 oy davomida amalga oshirilgan ahamiyatli ishlar hamda Davlat xizmatlari va FHDY sohasidagi yangiliklar, sohaga doir boshqa muhim va dolzarb mavzularda so'z yuritilmoqda.
Joriy yilning 13-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida 3-chorak davomida “Mobil-ID” tizimidan fuqarolarni eng koʻp roʻyxatdan oʻtkazgan Davlat xizmatlari markazlari xodimlarini mukofotlash tadbiri tashkil etildi.
Respublikada Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi viloyatlar oʻrtasida “Mobil-ID” tizimidan fuqarolarni eng koʻp roʻyxatdan oʻtkazganligi uchun, Qamashi tumani adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi xodimi Xurshida Maxamova nominatsiya boʻyicha 2-oʻrinni egallagan xodim deb eʼtirof etildi.
Qamashi tumani adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi xodimi Xurshida Maxamova bazaviy hisoblash miqdorining - 20 barobari (6 600 000 soʻm) miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “Mobil-ID” tizimidan fuqarolarni roʻyxatdan oʻtkazishda oʻzining jonbozligini koʻrsatgan tuman (shahar) adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi direktorlari boshqarma boshlig'ining qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi muammolarini tinglash, ular bilan muloqot qilish maqsadida Shahrisabz tumani "Mevazor" MFYga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida dastlab fuqarolarning xonadonlariga uyma-uy kirgan holda ular bilan muloqot tashkil etildi.
Davlat xizmatlari hamda tuman FHDY bo'limlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi,adliya bo'limlari tomonidan aholini huquqiy muammolari tinglandi.
Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasiga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashildi.
Shundan so'ng, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahalla hududida sayyor qabul o‘tkazilib,fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 50 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.
Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning o‘zida o‘z yechimini topdi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati Shahrisabz tumani "Bog‘ishamol" mahallasiga tashrif buyurib, mahallada faoliyat yuritayotgan MFY raislari, hokim yordamchilari, xotin qizlar faoli, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla beshligi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining 259-son qarorining mazmun-mohiyati, mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, jinoyatchilikni kamaytirish, yoshlarni bosh vaqtini mazmunli o'tkazish, aholi bandligini ta‘minlash kabi masalalarga alohida to‘xtalib otildi.
Shu bilan birga ADVISE.uz huquqiy portalining imkoniyatlari tanishtirildi, onlaynmahalla.uz platformasi bo‘yicha mavjud muammolar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov, viloyat sektorlar va tashkilot rahbarlari ishtirokida Shahrisabz shahrida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Mirishkor tuman adliya bo‘limi, tuman IIB hamda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tuman Madaniyat uyida “O‘zbekiston-2030” strategiyasida nazarda tutilgan yo‘nalishlar va maqsadlarning mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbirda ishtikorchilarga yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati ham tushuntirildi.
Shahrisabz tuman adliya bo'limi, DXM, FHDY va tuman IIB hamda tuman hokimligi Xotin qizlar bo'limi rahbarlari va ma'sul xodimlari ishtirokida tumandagi "Tanxoz" MFYda yashovchi fuqarolarga sayyor xizmatlar ko'rsatildi.
Ayni paytda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlarning ham bosh maqsadi inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan. Ana shu oliy tamoyilni chuqur his qilgan holda adliya mas‘ullari ham doimiy ravishda xalq bilan muloqotda bo‘lib keladi.
Bugun adliya boshqarmasining mas‘ul xodimlari tomonidan Qarshi shahrining Do‘stlik uyida O‘zbekiston - 2030 strategiyasi hamda uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari mazmun-mohiyatini tushuntirsh bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.