Янгиликлар
16
MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI
Joriy yilning 13-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida 3-chorak davomida “Mobil-ID” tizimidan fuqarolarni eng koʻp roʻyxatdan oʻtkazgan Davlat xizmatlari markazlari xodimlarini mukofotlash tadbiri tashkil etildi.
Respublikada Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi viloyatlar oʻrtasida “Mobil-ID” tizimidan fuqarolarni eng koʻp roʻyxatdan oʻtkazganligi uchun, Qamashi tumani adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi xodimi Xurshida Maxamova nominatsiya boʻyicha 2-oʻrinni egallagan xodim deb eʼtirof etildi.
Qamashi tumani adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi xodimi Xurshida Maxamova bazaviy hisoblash miqdorining - 20 barobari (6 600 000 soʻm) miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “Mobil-ID” tizimidan fuqarolarni roʻyxatdan oʻtkazishda oʻzining jonbozligini koʻrsatgan tuman (shahar) adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi direktorlari boshqarma boshlig'ining qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.