Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

03
O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — farovon hayotimiz kafolati

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yurtimizda olib borilayotgan islohotlar davomiyligini ta’minlashga qaratilgan muhim dasturiy hujjat bo‘ldi.

03
Uyma-uy yurib o‘tkazilgan sayyor qabullar o'z natijasini bermoqda

"Har bir uyga bepul huquqiy yordam" aksiyasi doirasida Ko'kdala tumanining "Chorvador", "Toshli", "Qanotli" mahallalarida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

02
Adliya: sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi topshirig‘iga asosan sud-huquq sohasidagi ommaviy sayyor qabullarning 2-kuni G'uzor tumanida bo‘lib o‘tdi. 

01
#adliya_hudud

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarma boshlig'i O'.Ostanov  Shahrisabz tumani hamda Shahrisabz shahar  adliya bolimlari, FHDY bo‘limi, YXKM va davlat xizmatlari markazi  ish faoliyatini bilan yaqindan tanishdi

01
Adliya: sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joriy yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi topshirig‘iga asosan sud-huquq sohasidagi murojaatlarga samarali yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

01
Huquqiy targ'ibot kuni

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan Qarshi shahridagi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi 3-sonli jazoni ijro etish koloniyasi mahbuslari o‘rtasida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, yangilangan Konstitusiya mazmun-mohiyati va Korrupsiya holatlarining salbiy  oqibatlarini tushuntirish maqsadida targ'ibot tadbiri o`tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida jinoyatchilikni oldini olish, firibgarlik hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi mazmun-mohiyati ham tushuntirildi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

31
SUD-HUQUQ MASALALARI BO‘YICHA SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan 1- 3 - noyabr kunlari sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabullar o‘tkaziladi.

Mazkur sayyor qabullar doirasida Adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan: 

- 1-noyabr soat 10:00 da Shahrisabz tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazida: Shahrisabz  shahar, Yakkabog', Chiroqchi, Kitob tumanlari aholisi uchun;

-2 - noyabr soat 10:00 da G'uzor tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi binosida Qamashi , Dehqonobod, Ko'kdala va Nishon  tumanlari aholisi uchun;

-3 - noyabr soat 10:00 da Qarshi shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi binosida Koson,  Muborak, Kasbi, Mirishkor va Qarshi tumanlari aholisi uchun.

31
CHORVADORLIKLAR MUROJAATI ADLIYA E’TIBORIDA

Avval xabar berganimizdek, "Har bir uya bepul huquqiy yordam" aksiyasi doirasida Chorvador" MFY da  sayyor qabuli tashkil etildi.

Bunda ayniqsa, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, alohida nazoratda turgan fuqarolarning   murojaatlari yuzasidan muammolariga o‘z joyida yechim topildi.

“Chorvador” mahalla fuqarosi Raxmatillayeva Gulxayo 9 yilki nikoh guvohnomasi yo'q. U ayni paytda 2 farzandning onasi . Oilada e'tiborsizlik hamda masofa uzoqligi sababli vaqtida nikoh hujjatini tiklashda amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qildi.

30
#ADLIYADAN_AKSIYA

Xabaringiz bor, joriy yilning 30-oktabrdan 4-noyabrgacha Ko‘kdala tumanining “CHORVADOR”, “TOSHLI”, “QANOTLI” mahallalarida “HAR BIR UYGA BEPUL HUQUQIY YORDAM AKSIYASI” doirasida tuman adliya bo'limi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY organlari, DXM xodimlari hamda notariuslar va advokatlar ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul hamda sayyor xizmatlar o'tkazilishi belgilangan edi.