Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

#ADLIYADAN_AKSIYA



#adliya_aksiya

Xabaringiz bor, joriy yilning 30-oktabrdan 4-noyabrgacha Ko‘kdala tumanining “CHORVADOR”, “TOSHLI”, “QANOTLI” mahallalarida “HAR BIR UYGA BEPUL HUQUQIY YORDAM AKSIYASI” doirasida tuman adliya bo'limi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY organlari, DXM xodimlari hamda notariuslar va advokatlar ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul hamda sayyor xizmatlar o'tkazilishi belgilangan edi.

Shu munosabat bilan bugun Qanotli MFY hududida yashovchi fuqarolarning murojaatlarini o'rganish maqsadida mas'ullar tuman markazidan 40 km uzoqlikda joylashgan "Qiyot" qishlog'ida bo'lishdi.

Eng avvalo, fuqarolarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishgan tuman adliya bo'limi xodimlari aholini  qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan  huquqiy maslahatlar berishdi.

Shu kuni tuman FHDY bo'limi tomonidan  4 ta nikoh, 2 ta o'lim haqidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtirish uchun arizalar qabul qilindi va  1 ta   tug'ilganlik haqidagi guvohnoma  sayyor tartibda o'z egalariga  topshirildi.