Янгиликлар
03
Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar yakuniga yetdi
Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar yakuniga yetdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi topshirig‘iga asosan sud-huquq sohasidagi ommaviy sayyor qabullarning 3 - kuni Qarshi shahridagi davlat xizmatlari markazida bo‘lib o‘tdi.
Unda Qarshi shahar, Koson, Kasbi, Muborak va Qarshi tumanlarining 30 ga yaqin aholisi sud-huquq tizimiga oid hamda o'zlarinii qiynayotgan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Sayyor qabul davomida 23 ta murojaat qabul qilinib, 9 ta murojaat Joyida ijobiy hal etilgan bo'lsa, 4 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi va 10 nafar fuqaroning murojaatlari ijro uchun nazoratga olindi.