Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joriy yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi topshirig‘iga asosan sud-huquq sohasidagi murojaatlarga samarali yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda Shahrisabz shahar, Kitob, Yakkabog‘,Shahrisabz va Chiroqchi tumanlari aholisining 40 ga yaqin masalalariga oid muammolari o‘rganildi.
Murojaatlarning asosiy qismi uy-joy va yer ajratish, pensiya va nafaqa tayinlash, tibbiyot, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, me‘ros, kommunal hamda sud-huquq masalalariga oid boshqa sohalarni tashkil qildi.
Xususan, fuqaro R.Saidova 1974-yilda Shahrisabz tumani, “Oqqo‘rg‘on” mahallasida tug‘ilgan bo‘lib, oilaviy muammolar hamda e‘tiborsizlik sabab, o‘z vaqtida tug‘ilganlik guvohnomasini olishda amaliy yordam so‘rab mas‘ullarga murojaat qildi. Fuqaroning murojaati shu joyning o‘zida hal etildi.
Qabul davomida 17 nafar fuqaroning muammosi ish yurituvga olinib, shundan 3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Adliya xodimlari tomonidan qabul doirasida huquqiy tushuntirish ishlari ishlari olib borilib, murojaatlarning qolgan qismi mas‘ullarga ko‘rib chiqib, ijrosini ta‘minlashga yuborildi.
Ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati.