Янгиликлар
02
Adliya: sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar davom etmoqda.
Adliya: sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi topshirig‘iga asosan sud-huquq sohasidagi ommaviy sayyor qabullarning 2-kuni G'uzor tumanida bo‘lib o‘tdi.
Unda G'uzor, Nishon, Dehqonobod va Qamashi tumanlarining 50 ga yaqin aholisi sud-huquq tizimiga oid, balki aholini qiynayotgan boshqa masalalar yuzasidan ham murojaatlar eshitildi. Ijtimoiy, iqtisodiy, kommunal, fuqarolik, sud-huquq tizimidagi muammolar, o`z haq-huquqlaridan foydalanish, er ajratib berish, uy-joy bilan ta’minlash, aliment undirish kabilar shular jumlasidandir.
Xususan, G'uzor tuman "Bo'ston" mahallasida yashovchi Inobat Qahhorova uyiga 3 fazali elektr tarmog'ini ulash masalasida qilgan murojaati joyida xal etildi.
Sayyor qabul davomida murojaatlar yuzasidan 21 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. 6 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etilib, 10 nafar fuqaro murojaatlari ijro uchun nazoratga olindi. qolganlari yuzasidan tegishli tashkilot va muassasalar rahbariyatiga topshiriqlar berildi.