Янгиликлар
03
O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — farovon hayotimiz kafolati
"O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — farovon hayotimiz kafolati
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yurtimizda olib borilayotgan islohotlar davomiyligini ta’minlashga qaratilgan muhim dasturiy hujjat bo‘ldi.
Bugun har bir tashkilot va idora Strategiyadan kelib chiquvchi vazifalarini belgilab olib, ish ko‘rmoqda. Turli soha vakillari Strategiyada belgilangan ustuvor maqsad-vazifalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati xususida o‘z munosabatini bildirmoqda.
Joriy yining 3- noyabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida bo'lib o'tgan tadbirda Qarshi davlat Universiteti dotsenti T.Qurbonov – ushbu dasturilamal hujjatning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildi:
Ta’kidlandiki, strategiyada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar barcha soha vakillari shuningdek, tadbirkorlar uchun shart-sharoit yaratish, yangi-yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, islohotlarni jadallashtirishga ko‘maklashish borasida zimmamizga ulkan vazifalar yuklaydi.