Yangiliklar
FUQAROLARNING 45 MILLIONDAN ORTIQ PULLARI UNDIRIB BERILDI
Fuqaro T.Mirzayev Chiroqchi tuman obodonlashtirish boshqarmasida nazoratchi vazifasida ishlab keladi. U tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ustama pullari to'lab berilmayotganligidan norozi bo'lib tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.
Joriy yilning 20 - noyabr kuni Qashqadaryo viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasida viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyatining 12 ta Davlat xizmatlari markazlarida xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati yo'lga qo'yilgan.
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktor o‘rinbosari Orziyev Tolibjon Nazarovich tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari A.Isoqov tomonidan Ko‘kdala tuman adliya, FHDY,DXM va YXKM faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishda asosiy e’tibor kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, xodimlarga yaratilgan shart -sharoitlar, ular faoliyatidagi mavjud muammolarga e’tibor qaratildi.
Bo‘limga tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, xodimlarning muomila -madaniyati va boshqa holatlar yuzasidan samimiy muloqot qilindi.
Shuningdek, xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, ularni rozi qilish masalalari alohida ta’kidlab o‘tildi.
A.Isoqov xizmat safari davomida "Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan uzoq yillar davomida tayyorlanib kelinayotgan “Chiyal yaxnasi” taomini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi bo‘yicha tegishli ma’sullar bilan tegishli chora -tadbirlar belgillab olindi.
Adliya tadbirkorlar uchun master-klass tashkil qildi
Bugun viloyat adliya boshqarmasi va Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etayotgan shaxslar, tadbirkorlar va hunarmandlar uchun o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalligi bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.
Bugun viloyat Adliya boshqarmasi hamda harbiy prokuratura mas’ul xodimlari hamkorligida “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlab “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Qarshi tumani xonobod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qismning shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Korrupsiya va milliy taraqqiyot: muammo va yechimlar” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Adliyada oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi
Viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida o'tkazilgan yig'ilishda bozorlardan tashqari, korxona va tashkilotlarda ham arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi o'tkazilishi ma'lum qilingan edi.
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi ishchi-xodimlari uchun turli xil arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.