Янгиликлар
20
YAXSHIDAN BOG' QOLADI
YAXSHIDAN BOG' QOLADI
Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Joylarda “yashil makon” lar tashkil etish maqsadida olib borilayotgan ushbu ezgu ishlarda adliya xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Xususan, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi xodimlari ham boshqarma binosi va unga tutash hududlarda noyabr oyi davomida 100 dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
Ko‘chat ekish dolzarb 40 kunligi doirasida adliya boshqarmasi va uning tizimidagi xodimlar tomonidan shu kunga qadar 1500 dan ortiq ko'chatlar ekilgan bo'lib, bu kabi tadbirlar davom etmoqda.