Янгиликлар
21
#adliya_aralashgach
#ADLIYA_ARALASHGACH
8 nafar IT hamshiralarining 206 millionlik ustama pullari to'lab berildi
Ko‘kdala tumani adliya bo‘limiga 8 nafar tumanda faoliyat yuritayotgan IT hamshiralari tomonidan arizalar kelib tushdi.
Koʻkdala tumani adliya bo'limi tomonidan IT-operator xamshiralari B.Mirzayev, O‘.Qurbanov, Sh.Jumayev, M.Qurbanov, N.Pirmatov, M.Qulbulova,S.Ibodullayeva hamda D.Xujamurodovalarning arizalari ko'rib chiqilganda oylik ish haqi miqdorida 100 foiz ustama pullari to'lanmay kelinganligi aniqlandi.
Tuman adliya bo'limi tomonidan ustamalarni undirish bo'yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilib, ushbu IT-hamshiralarning foydasiga 206 000 000 undirib berildi.