Янгиликлар
22
FUQAROLARNING 45 MILLIONDAN ORTIQ PULLARI UNDIRIB BERILDI
FUQAROLARNING 45 MILLIONDAN ORTIQ PULLARI UNDIRIB BERILDI
Fuqaro T.Mirzayev Chiroqchi tuman obodonlashtirish boshqarmasida nazoratchi vazifasida ishlab keladi. U tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ustama pullari to'lab berilmayotganligidan norozi bo'lib tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.
O‘rganish natijasida, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan fuqaro T.Mirzayev hamda uning hamkasblariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yildagi “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4351-sonli qarorining 5-bandiga asosan har oylik qo‘shimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Adliya aralashgach: Fuqaro T.Mirzayev va boshqalarning manfatini ko‘zlab tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, T.Mirzaev va boshqalarning foydasiga jami 45 896 800 so‘m undirib berilishi ta’minlandi.